Angorda pilla hosilini yig‘ish boshlandi
Angor tumanida pillachilik bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Joriy yil mavsumda 2 ming 454 quti ipak qurti parvarishlanib, 137 tonna 400 kg pilla olish rejalashtirilgan.
Pillakorlarning o‘z vaqtida qilingan mehnati natijasida ipak qurti yetilib, ularni terish ishlari boshlab yuborildi. Tumandagi “Zartepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Shahlo Ulashova hamda “Kattaqum” mahallasida yashovchi Hamdamoy Azimova oila a’zolari bilan birgalikda bir oy davomida tunu kun mashaqqatli mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirdilar.
Bugun tuman hokimi Shohjahon Abdullaev “Kumush tola” ijodkorlarining xonadonlarida bo‘lib, ularning erishayotgan yutuqlari bilan tabrikladi va pillakorlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.