Yoshlar o‘rtasida bellashuv
Angor pedagogika kollejida “Ilm-ma’rifatsiz taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Unda kollej o‘quvchilari o‘rtasida zakovat bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda kollejning maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etdi. Ularga siyosiy, ma’naviy sohaga oid savollar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida “Eng namunali kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Hozirgi kunda kollejda 4 ta yo‘nalishda 596 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.