Ertamiz vorislari

    Angor tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarimizning ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Yosh ijodkorlar o‘zlarining qalamiga mansub ijod namunalaridan she’rlar aytishdi. Shuningdek, Ona Vatanimizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirgi kunda maktabda 458 nafar o‘quvchi tahsil oladi.