«Toza havo» oyligi
Mamlakatimizda joriy yilning 10 aprelidan 10 may kuniga qadar «Toza havo» oyligi e’lon qilindi. Mazkur oylik doirasida Angor tumanida ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Angor tuman inspeksiyasi inspektorlari hamkorligida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida havoga ko‘p miqdorda zararli tashlanmalar chiqaradigan karbyurator dvigatelli va dizel avtomobillariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, haydovchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolar atrof tabiiy muhitning ifloslanishiga javobgar ekanligi bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.