Angor tumanida 22-mart "Mahalla tizimi xodimlari kuni" keng nishonlandi
Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov mahalla - O‘zbekistonning boy tarixi bilan chambarchas bog‘liq o‘ziga xos institut ekani, jamiyatda aholi osoyishtaligini va qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahallaning roli kattaligini ta’kidladi va barcha mahalla tizimi xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Mahalla tizimida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.