Tuman hokimi hududlarda

 

Bugun Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hududlarda bo‘lib, olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi.

Dastlab, tumanning Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida tashkil etilishi rejalashtirilgan "Mahalla servis kompaniyasi" binosining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
«Mahalla servis kompaniyasi» tomonidan mahallada shartnoma asosida kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlari ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullarga ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish va parvarishlash bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Kattaqum mahallasida hududida joylashuan 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Tuman hokimi o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.