Jinoyatga jazo muqarrar.
Ma’naviyati nuqsonli bo‘lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o‘ylamay ish qilib, jinoyatchi, degan tamg‘ani orttirib oladi. Bugun e’tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchi ham bir umidvor mushtipar yosh oilaning boshlig‘i.
Afsuski, jinoyat yo‘lini tanlagan yigit jismonan sog‘lom, tog‘ni ursa talqon qiladigan yoshda. Biroq, u og‘irning ustidan, yengilning ostidan o‘tishni afzal ko‘rgan odam.
Sudning hukmiga ko‘ra, A.Jasurboyev (ismi sharifi o‘zgartirilgan) o‘zining “Samsung Galaxy A02s” rusumli telefon apparatidagi “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida “Azim” (pofil nomi o‘zgartirilgan) nomli profilini yaratib, 2022 yil mart oyida ushbu profiliga “O‘zbekiston Islomiy harakati” terroristik tashkilotining “Jundulloh” mediaguruhi tomonidan tayyorlangan “Nashida” nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan qo‘shiqni joylash orqali tarqatgan.
2024 yil 04 aprel kuni soat 15-12da Denov tumani IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri jarayonida A.Jasurboyevning “Samsung Galaxy A02s” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirilganda aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan qo‘shiqni tarqatganligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 25.05.2024 yildagi №IG-241-sonli xulosasiga ko‘ra, A.Jasurboyev tomonidan tarqatilgan “Nashida” nomli fayldagi qo‘shiq aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi aniqlangan.
Sudda sudlangan A.Jasurboyev aybiga to‘liq iqror va pushaymonlik bildirib suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ish hujjatlari atroflicha o‘rganilib, sudning 2024 yil 4 noyabr kunidagi hukmiga ko‘ra, Jasurboyev Azimjon Anvar o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida sudlangan A.Jasurbekovning apellyasiya tartibidagi shikoyatiga asosan 2025 yil yanvar oyining 9 kuni ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining 2024 yil 4 noyabr kunidagi hukmi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Halqimizda “Sayoq yursang tayoq yeysan” degan dono bir hikmat bor.
Mana ko‘za kunda emas, kunida sinadigan kun keldi. Qonunning qo‘li uzun, nigohlari o‘tkir. Uning nazaridan, qat’iy talabidan, qolaversa, jazodan qochib qutilib bo‘lmaydi.
Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlov hay’ati sudyasi J.Xudoyberdiyev