Angor tumani hokimi Qosim Mardonovning 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi!
Hurmatli harbiy xizmatchilar, faxriylar, aziz yoshlar!
Avvalambor, siz, azizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Keyingi yillarda mamlakatimiz davlat xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir, zamonaviy, har taraflama puxta qurollangan, professional Armiyani tashkil etish ishlari o‘zining yuksak bosqichiga ko‘tarildi.
Aziz do‘stlar!
Tinchlik va osoyishtalik, xotirjamlik hukm surgan joyda ezgu ishlar bardavom bo‘ladi. Bu hayotiy haqiqatni xalqimiz istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar misolida yanada teran anglab yetmoqda.
Albatta, bu muvaffaqiyatlarning asosi tinchlik bilan chambarchas bog‘liq. Tabiiyki, bugungi zamonda osoyishtalikni ta’minlash o‘z-o‘zidan bo‘lmasligini dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalardan xabardor kishi juda yaxshi anglaydi.
Aziz tumandoshlar!
Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganiganing 33 yil to‘lganligi munosabat bilan harbiy xizmat faxriylarini, bugungi kunda Vatan himoyasi kabi sharafli burchni o‘tayotgan askarlarimizni, ularning ota-onalarini mardu-maydon yigitlarimizni yana bir bor samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga Vatan ravnaqi, tinchligi va osoyshtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman, amalga oshirayotgan ezgu ishlarimizning samarasi va xayrli natijalaridan bahramand bo‘lish barchamizga nasib etsin. Salomat bo‘ling.