Sayyor_qabul
Angor tumanidagi 5-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi rahbari Temur Murzayev, tashkilot rahbarlari, mahalla faollari hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Qabul davomida Qorasuv hamda Gulzor mahallalarida yashovchi fuqarolarning muammolari o‘rganildi.
Murojaatlarni hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.