"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Angor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, belgilangan reja asosida ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.
✅Joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida Angor tumanida 378 000 tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekishi rejalashtirilgan.
Jumladan, bugun tuman hokimi Qosim Mardonov boshchiligida tashkilot va korxona xodimlari ishtirokida mahalliy iqlimga mos daraxt ko‘chatlari yo‘l chetlariga, korxona, tashkilot, muassasalar hovlisiga ekildi.