Diqqat e’lon
2021 yil 1-chorak yakuni uchun taqdim etiladigan 4-mehnat shakli (choraklik) davlat statistik hisobotini yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari) 2021 yilning 6-apreldan kechiktirmay statistika organlariga internet orqali taqdim etishlari shart.
Yuqorida qayd etilgan yillik hisobotlarni elektron taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlarni davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz va viloyat statistika boshqarmasining www.surxonstat.uz saytidan yoki tuman statistika bo‘limidan olishlaringiz mumkin.
Davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki noto‘g‘ri taqdim etgan xo‘jalik, korxona va tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks”ning
215-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Angor tuman statistika bo‘limi
Tel: 76-31-21-258