Angor tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basining 2023-yil 9 oy davomidagi faoliyati bo‘yicha ma’lumot
Tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan yil davomida barcha ta’lim muassasalarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.
Natijada tumanda 2022 yil 9 oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik 5 ta tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yil 9 oyida 1 ta jinoyat sodir etilib, 4 taga kamaygan.
Hozirgi kunda tumanimizda 35 nafar tarbiyasi og‘ir maktab o‘quvchilari ichki ro‘yxatga olinib barchasiga tumani IIB.JXX.XPB VE va YOO‘HPTEG inspektorlar biriktirildi. Undan tashqari ta’lim olayotgan ta’lim muassasaidan buyruq asosida murabbiylar biriktirilib bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida qo‘shimcha to‘garaklarga jalb qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 339-sonli Qaroriga asosan Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan Proflaktik hisobda turgan 11 nafar voyaga yetmaganlarlarga tuman hokimining qarori asosida jamoatchi tarbiyachilar tayinlandi.
2023 yil noyabr’ oyiga qadar tumanimizda ota-onasi chet elga chiqib ketgan ayrim sabablarga ko‘ra bolalarining tarbyasida ishtirok etaolmayatgan jami 52 nafar bolalar aniqlanib, yaqin qarindoshlariga 45 nafariga vasiy, 7 nafariga homiylik tayinlandi.
Xorijiy davlatlardan qaytib kelgan 4 nafar voyaga yetmaganlar qayta ta’limga jalb qilindi.
Tumanimizda voyaga yetmagan bolalar tungi vaqtlarda kampyuter o‘yingohlarda bo‘lishini oldini olish maqsadida IIB bilan hamkorlikda tungi reydlar hamda ta’lim muassalarda davomat tig‘ tadbirlari undan tashqari kiyim kechak va dexqon bozorlarda tadbirlar tashkil qilindi.
6 nafar voyaga yetmaganlarni Platformaga kiritilib boquvchisini yo‘qotgan nafaqa pulini olishda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi «Ishga marhamat» monomarkazida kasb-hunarga o‘qitilishini yo‘lga qo‘ygan.
.Bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan 0 yoshdan18 yoshgacha bo‘lgan
30 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 19 yoshdan
23 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ro‘yxati “Mehr daftari”ga kiritildi.
Tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan “Onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi barcha tegishli ma’lumotlar bazasini shakillantirib, farzandlikka, vasiylikka, homiylikka, patronatga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “maktab.uz” tizimiga o‘z vaqtida kiritilgan.
Oliy ta’limda o‘qish istagida bo‘lgan 6 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tegishli bo‘lgan xujjatlar rasmiylashtirilib viloyat hokimligiga hamda Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etilgan bo‘lib shundan 1 nafari imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilindi. Qolgan 5 nafari past bal olganligi sababli ro‘yxati qayta shakillantirilib oliy o‘quv yurtiga qabul qilishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida viloyat hokimligiga taqdim etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5215-son Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 avgustdagi Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qaroriga asosan, tumandagi 1-sonli “Oilaviy bolalar uyi” tuman hokimining 2022 yil 24 avgustdagi 405-8-109-Q/22-sonli qarori asosida yuridik shaxs maqomsiz qayta tashkil etilgan.
2.1-sonli “Oilaviy bolalar uyi”da tarbiyanalayotgan 10 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bo‘lib, ularning ta’lim-tarbiya va bilim olishi uchun tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabiga joylashtirilib, o‘zlari qiziqqan fan va sport to‘garaklariga jalb qilinib alohida murabbiy tayinlangan.
3.Tuman hokimligining Bolalarni ximoya qilish shoʻbasi tomonidan vasiylik va homiylikda hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda tarbiyalash uchun oilaga (farzandlikka, vasiylikka, homiylikka) qabul qilish istagida bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayin ijtimoiy himoya yagona reyestri maktab.uz platformasidan foydalanib o‘z vaqtida kiritilgan.
6. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qo‘llash choralari ko‘rilib, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi.
7.Zamonaviy usul va shakllardan foydalangan holda jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘zlari qiziqqan sport to‘rlariga jalb etilgan.
8. Tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻbasi hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda har oyda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va mayishiy shart-sharoitlarini o‘rganib, mavjud muammolari bartaraf etilgan.
9.Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo‘yicha yaratilgan axborot tizimida ma’lumotlari to‘liq shakllantirilib, muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha «Mehr daftari» tizimiga kiritilgan.
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka va patronatga) olish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibini, uning ijtimoiy ahamiyatini jamoatchilikka keng yoritilib borilgan.
11.Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib tasdiqlangan.
Baxtiyor Shomurodov Angor tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi rahbari