Tuman hokimining qarori

Angor tumanida 2024-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR   QILAMAN:

  1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar sonidan kelib chiqib, Angor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 160 ta ish o‘rinlari band qilinganligi jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar 31 foiz (49 kishi);

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun 50 foiz (80 kishi);

safarbarlik chaqiruvi zahirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 8 foiz (12 kishi);

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun  3 foiz (4 kishi);

pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 2 foiz (3 kishi);

jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun 4 foiz (7 kishi);

odam savdosidan jabrlanganlar uchun  2  foiz (3 kishi);

atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun 1 foiz (2 kishi) miqdorida ish o‘rinlari zahirasi korxona va tashkilotlar kesimida belgilanganligi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalari uchun ish o‘rinlari sanitariya-gigiena me’yorlariga va xodim o‘z mehnat majburiyatlarini to‘siqsiz bajarishini ta’minlaydigan mehnat qilish sharoitlariga muvofiq tashkil etilsin.
  2. 2024-yilda Angor tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha korxona va tashkilotlar kesimida ish o‘rinlarini tashkil etish ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Ilovada ko‘rsatilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari belgilangan ish o‘rinlarini  tashkil etilishini to‘liq ta’minlasin.
  4. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha ushbu qarorni bajarmagan,  shuningdek, ularni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
  5. Ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish sonidan ortiqcha ish o‘rinlari tashkil etgan korxona va tashkilotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-may kuni 3163-son bilan ro‘yxatdan o‘takzilgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B-sonli buyrug‘igaasosan belgilangan tartibda kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslar uchun har bir xodimga 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya to‘labberilishi belgilab qo‘yilsin.
  6. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (U.Qosimov)  besh kun muddatda ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlarining e’tiboriga etkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
  7. Angor tuman hokimining 2022-yil 19-sentabrdagi 433-8-109-Q/22-son qarori 31.12.2023-yildan bekor qilinsin.
  8. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan so‘ng kuchga kirishi belgilansin.
  9. Ushbu qarorni ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.