Hunarli kishi xor bo‘lmas
Bugungi kunda Angor tumanida 134 200 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 66 330 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi «Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori asosida tumandagi 1322 nafar 30 yoshdan oshgan ayollar «Ayollar daftari» ga kiritildi. Bundan asosiy maqsad ayollar orasida vujudga kelayotgan muammolarni hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 358 nafar ayollar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5mlrd 160 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishi rejalashtirilgan.
Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ayollar qisqa muddatli o‘quv kurslarida hunar o‘rganib, sertifikatga ega bo‘lishyapti. Hozirgi kunda 80 nafar ayollar kasb-hunarga o‘qitilyapti. Xususan, “Gilambob” mahallasidagi “Nozimabonu” tikuvchilik o‘quv kursida 28 nafar ayolga hunar sirlari o‘rgatilyapti.