Angor tumanida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari rahbarlari diqqatiga!

Angor tumanida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari rahbarlari diqqatiga!

       2022-2023-o‘quv  yil boshiga  1-umumta’lim shakli ( yillik ) davlat statistik hisobotini Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari;

Boshqa idoralarning umumta’lim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar litsenziya asosida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar davlat statistika organlariga 2022-yilning  4-okyabrdan kechiktirmay;

Yuqorida qayd etilgan yillik hisobotni elektron taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlarni davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz va viloyat statistika boshqarmasining www.surxonstat.uz saytidan yoki tuman statistika bo‘limidan  olishlaringiz mumkin.

Davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki noto‘g‘ri taqdim etgan xo‘jalik, korxona va tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks”ning 215-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 Angor tuman statistika bo‘limi

Tel: 76-31-21-258