Oramizdagi insonlar

Oramizda shundan insonlar borki, imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, hayotdan nolimaydi. Imkon qadar mehnat qilib daromad topishga, yaxshi yashashga harakat qiladi.

Angor tumanining Qorasuv mahallasida yashovchi Zafar Toshmurodov 20 yoshda. Onasining yolgʻiz farzandi. Muhabbat Normoʻminova hamshira boʻlib ishlaydi. Ularning aytishlariga qaraganda, Zafarning bolaligidan imkoniyati cheklangan ekan.

Zafar Toshmurodov “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan yengil konstruksiyali doʻkon qurib berildi va kompyuter xizmatlari uchun kerakli jihozlar bilan taʼminlandi.

-Menga koʻrsatilgan yordam uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman,-deydi Zafar. Hayotga qiziqishim ortdi, atrofdagilarga oz boʻlsa-da yordamim tegayotganidan xursandman. Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat uchun Prezidentimizga katta rahmat.