“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Аngor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “toza havo fabrikasi” boʼlgan daraxtzorlarni koʼpaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Hududdagi tashkilot va korxonalarni obodonlashtirish maqsadida daraxt koʼchatlari ekish jarayonlari davom ettirilmoqda.
Bugun, tumanning Bahor mahallasi hududidagi “Top Quality Brand” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi barpo etilayotgan terini qayta ishlash korxonasida ham koʼchat ekish ishlari olib borildi. Korxona atrofiga 100 tup archa koʼchati ekildi.