Sportni sev, sport bilan yasha!
Angor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida sport musobaqasi tashkil etildi. Unda maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda shaxmatni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.