Zamonaviy bino foydalanishga topshirildi

    Angor tumanining "Ilg‘or" mahalla fuqarolar yig‘inida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Yangi, zamonaviy ta’lim tashkiloti 120 o‘ringa mo‘ljallab qurildi. 

Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimi Shohjahon Abdullaev so‘zga chiqib, bolajonlar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, bolajonlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.