Angor tumanida Prezidentimiz tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Targ'ibot tadbirlarini olib borish maqsadida Yuqori Tallimaron mahallasida seminar o‘tkazildi.
Mahallada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtish , xususan, tomorqadan samarali foydalanib kelayotgan aholi xonadonlari tajriba sifatida o‘rganildi.
Seminar doirasida ishtirokchilar mahallada “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, bu tajribani barcha mahallalalarda joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2025