Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Aholini ro‘yxatga olish nima uchun zarur?

     O‘zbekiston Respublikasida umumiy aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2026 yilda reja qilinmoqda. Ikkinchidan, aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta‘lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarni tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.Uchinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Mazkur tadbir dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Aholini ro‘yxatga olish butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.
    Aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yagona statistika uslubiyat asosida o‘tkaziladigan, belgilangan sanaga qadar aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlovchi ma‘lumotlarni yig‘ish, olingan ma‘lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, yakuniy ma‘lumotlarni keng ommaga tarqatish va undan foydalanish jarayonidir. Bu tadbirda nafaqat statistika organlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ham bevosita ishtirok etadilar. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma‘muriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta‘minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi aholini ro‘yxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlarini qayta ishlangandan so‘ng doimiy saqlanishini yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi: aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to‘liq xavfsizligi va ro‘yxatga olish materiallarining saqlanishini ta‘minlaydi; ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida aholini ro‘yxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo‘riqlashni amalga oshiradi; aholini ro‘yxatga olish organlari bilan birgalikda, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur ma‘lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ta‘sir choralari ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar: ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo‘riqlanadigan binolar ajratadi; aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta‘minlaydi; davlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxatini tuzadilar.


Angor tuman statistika bo’limi boshlig’i:                                       A.Xudoyorov

1 izoh

Izoh qoldirish

Xizmatlar

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs