Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Islohotlar amalda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida jamoat tartibini ta’minlash orqali aholining tinch va osuda hayoti uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, davlat ob’yektlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash, jamoat tartibini saqlash, jamoat joylarida patrullik qilish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shu bilan birga mazkur vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish hamda xizmatni o‘tash davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzishga va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga doir ayrim vakolatlarni berish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish yuzasidan qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutilmoqda.
Ushbu Qonun mamlakatda jamoat tartibini yanada samarali ta’minlashga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-mo

14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022 yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 467-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 2481-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882 va 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari va bo‘lim boshliqlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda surishtiruv bo‘limlarining boshliqlari;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari ob’yektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61, 183, 1842, 1843, 185-moddalarida, 1851-moddasida (bundan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar mustasno), 1852, 1853, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 191, 1941, 1951-moddalarida, 196-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismi bo‘yicha) hamda 2101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ko‘rib chiqish uchun sudga yuboradi»;
2) 287-moddaning 9-bandidagi «54, 61, 1851, 1941, 1951, 198-moddalarida» degan so‘zlar «54, 61, 183, 1842, 1843, 185, 1851, 1852, 1853,186, 187, 188, 1883, 189, 1891, 191, 192, 1941, 1951, 198-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Suyun Bo‘tayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisi

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs