Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Ishga kiritishni va’da qilgan firibgarga sud hukmi o‘qildi.

Hayotda har bir narsaning tartib-qoidasi bor. Hamma birdek amal qilishi kerak bo‘lgan qonunlarni buzish, noqonuniy daromad topishga urinish jinoyat hisoblanadi.
Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi degan xalqimizda bir naql bor, hozirgi qahramonimiz Ilxom Bo‘riyev (ism familiyalar o‘zgartirilgan) shundaylardandir.
U muqaddam turli xil jinoyatlarni sodir qilib to‘qqiz marotaba sudlangan bo‘lsa-da o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan navbatdagi jinoyatni firibgarlik yo‘lidan foydalanib sodir qilgan.
Angor tumanida yashovchi I.Bo‘riyev tuzalish yo‘liga o‘tmasdan, turmush o‘rtog‘i Jonpulatova Gulnora (ism familyalar o‘zgartirilgan) bilan jinoiy til biriktirib, 2024 yil 10 fevral kuni Termiz tumanida yashovchi Amanova Norxolni (ism familyalar o‘zgartirilgan) aldab, uni go‘yoki qisqa fursatlarda Termiz shahridagi tibbiyot birlashmasining biriga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, unga o‘zining tanishlari borligini aytib, uni ishontirib, buning evaziga undan 600 AQSH dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilib, turmush o‘rtog‘i G.Jonpulatova ikkisi N.Amanova bilan shu kuni Angor tuman markaziy shifoxonasining oldida uchrashib, N.Amanovadan 5.000.000 so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
I.Bo‘riyev va uning turmush o‘rtog‘i G.Jonpulatovlar bu harakatlarini hech kim bilmaydi deb o‘ylasa-da, bu jinoyatlari uzoqqa cho‘zilmadi, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Sud zalida sudlanuvchilardan firibgarlik jinoyatini takroran sodir etish sabablari so‘ralganida ular yer chizishdan nariga o‘tolmadi. Faqatgina qilmishlaridan pushaymonda ekanini qayta-qayta takrorlashdan o‘zga chorasi qolmadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tumani sudi I.Bo‘riyev va uning turmush o‘rtog‘i G.Jonpulatovlarga nisbatan tegishli jazo chorasi tayinladi. Biroq, ellik yoshdan oshgan I.Bo‘riyev bu jazodan to‘g‘ri xulosa chiqaradimi? Belgilangan jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, u yana eski qiliqlarini boshlab yubormaydimi? Buni oliy hakam vaqt ko‘rsatadi.
Ha, jamiyatimizda hech qanday jinoiy qilmish jazosiz qolmaydi. Shuning uchun bebaho umrni ezgu ishlarga bag‘ishlab, hayotda o‘zidan yaxshi nom qoldirishga ne yetsin?!

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining raisi
S.Bo‘tayev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs