Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
OILA SUDYALARI


Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023-yilning 21-dekabr kuni “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qaror imzolandi.
Mazkur Qarorga muvofiq, 2024 yilning 1 yanvaridan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantirilishi belgilan edi.

Shuningdek, 2024 yilning 1 fevralidan esa tajriba tariqasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyalarini oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etildi.

Ushbu qarorning ahamiyati shundaki, u imkon qadar oilalardagi ajrimlarni kamaytirishga qaratilgan. O‘tgan davrlarda ajralishlar soni oshib bormoqda. Bizga ma’lumki, sud bu jabhadagi oxirgi qadam, chunki, yoshlar ajrashish uchun ariza berishga keldimi, demak, ularning qaysi birinidir yoki ikkalasining ham tarbiyasida qandaydir oqsoqlik bor. Sud shu zahoti ulardagi ana shu jihatlarni tuzatib qo‘ya olmaydi, albatta. Lekin, mazkur yo‘nalishda ixtisoslashgan oila sudyalari yoshlarga yoki ularning ota-onalariga tushuntirishlar berish orqali ajrimlarning oldini olishga ko‘maklashadi.

Shu boisdan davlatimiz rahbarining qarorida bekorga oila sudyalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga e’tibor berilgani yo‘q. Sababi, shu oilalarda kelajakda olimlar, sportchilar, ma’daniyat va fan arboblarining tarbiyalanishi yoki jinoyatchi, giyohvand yoinki o‘g‘rilar yetishib chiqishi mumkin. Ma’rifatli oilaning farzandlari davlat va jamiyatni rivojlantiradi. Ma’rifatsiz oilada esa, aksincha.

Ta’kidlash joizki, ixtisoslashgan oila sudyalari orqali yoshlardagi yoki ularning ota-onalaridagi kamchiliklar bartaraf etilib, kelgusida ularning hayotlari yanada chiroyli davom etadi, deb umid bildiramiz.

MANSUR ABDURAHMANOV, Surxondaryo viloyat sudi sudyasi

4 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs