Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026 yillarga rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlarini 2025—2026 yillarda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda rasmiy statistika soqasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha prezident qarori bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Unga ko‘ra, Statistika agentligi 2024 yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tizimli davom ettiradi. Xususan, aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlaydi. 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtiradi.
Agentlik, shuningdek, xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini takomillashtiradi. STATA amaliy dasturiy paketi lisenziyasini xarid qilib, unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirishi lozim.
Aholini ro‘yxatga olishning o‘zi 2025—2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalari 2026—2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, agentlik qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etishi belgilangan. 2027—2028 yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash rejalashtirilgan.
Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi farmoniga muvofiq, respublikada aholini ro‘yxatga olish tadbirini 2022 yilda o‘tkazish belgilangan edi. 2020 yil 16 martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2020 yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbirni o‘tkazish 2023 yilga ko‘chirilgandi. Ammo 2023 yilda ham O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yana kechiktirildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmaganini aytgandi.
 
Angor tumani Statistika bulimi xodimi S. Kulmatov

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs