Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Oilaviy janjal yarashuv bilan yakun topdi

Bu oila bir qarashda havas qilgulik edi. Er-xotin sal kam yigirma yil birga yashab uy qildi, ro‘zg‘or butladi, uch nafar farzandli bo‘ldi... Ammo turmush doim bir tekisda, silliq kechmasligi sir emas. Ayniqsa, oilada er-xotin o‘rtasida mojaro yuzaga kelganida, tushunmovchilikni imkon qadar vazminlik bilan hal qilish sodir etilajak ko‘ngilsizlikning oldini olishi turgan gap. Yo‘qsa, o‘zaro janjal oilaviy zo‘ravonlikka aylanib ketishi hech gap emas. Bunga Angor tumanida yashovchi Kamol Temirovlar oilasida (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kelib chiqqan mojaro ham yaqqol misoldir.
Birkuni er-xotin Kamol va Maqsuda o‘rtasida gap qochdi. Gʻazabdan o‘zini tiya olmagan Kamol turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘ravonlik qildi. Ya’ni uning yuziga urib, sog‘lig‘i buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazdi. Bu hol, sud zaliga qadar yetib keldi. Kamolning qilmishiga nisbatan Jinoyat kodeksi 1261-moddasining 3-qismi bilan ish ochilgandi. Bu modda qonun tilida “oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” deb ataladi.
Jinoyat ishi sudda ko‘rilishi jarayonida,jabrlanuvchi sudga yarashuv to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, sodir etilgan jinoyat natijasida o‘ziga yetkazilgan zarar to‘liq qoplangani, turmush o‘rtog‘i bilan bir oila bo‘lib yashab kelishayotgani, shu sababli unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi bildirdi.
Sud jabrlanuvchi va sudlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizalarini jinoyat ishi hujjatlari bilan o‘rganib, sudlanuvchining aybiga iqrorligi va yetkazilgan zararning to‘liq qoplanganligi, yarashuv jabrlanuvchining o‘z xohishi bilan ixtiyoriy bo‘lganligi sababli jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatishni lozim topdi.
Shu tariqa bir oila jar yoqasidan qaytdi. Uch farzandning tirik yetim bo‘lishining oldi olindi. Aksincha bo‘lganida-chi? Unda bir musht bilan bir oila barbod bo‘lib ketgan bo‘lardi. Shuningdek, yarashuv to‘g‘risidagi arizani o‘z xohishi bilan yozgani, unga biron-bir tazyiq bo‘lmagani, yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin, kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligini ma’lum qildi.
O‘ylaymizki, voqelik ikkisiga ham saboq bo‘ldi va bu xonadon a’zolari endi oila qo‘rg‘onini mustahkamlash payida bo‘ladilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining raisi
S.Bo‘tayev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs