Tashqi muhitdan yugurik suv misoli oqib kiradigan ming bir illatlar turi borki, ularning loaqal bittasi ham inson ruhiyatida qolib ketsa, uning hayot tarzi davomida u chuqur ildiz otib o‘rnashib olib, jinoyat sodir etish ko‘chasiga kirishga yo‘llaydi.
Yoshi ellikga yaqinlashib, oq-qorani to‘la ajrata oladigan bir davrda spirtli ichimlik iste’mol qilishdan o‘zini tiya olmagan Mansur Jumayev (ism-familiyalari o‘zgartirilgan) mahalladoshining to‘y marosimida ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilib, spirtli ichimlikning nojo‘ya ta’siridan o‘zini sher bilgan M.Jumayev to‘yxona hovlisida mahalladoshi G.Choriyevni (ism familyalar o‘zgartirilgan) uchratib u bilan hech bir sababsiz tortishib qolib, G.Choriyevni bosh va yuz sohasiga bir necha marotaba tepib, itarib yuborishi natijasida G.Choriyev boshi bilan yerga yiqilib, joyidan turmoqchi bo‘lgan vaqtda M.Jumayev jabrlanuvchi G.Choriyevni musht bilan urib kaltaklash bilan hovuridan tusha ko‘rmay, yana bir necha marotaba G.Choriyevni yuz sohasiga urib, tepib uni bu yorug‘ olamdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘ladi.
Sud zalida undan jinoyatni sodir etish sabablari so‘ralganida yer chizishdan nariga o‘tolmadi. Faqatgina qilmishidan pushaymon ekanini qayta-qayta takrorlashdan o‘zga chorasi qolmadi.
Sud M.Jumayevni sodir etgan qilmishlari oqibatida ma’lum muddat umrini panjara ortida o‘tashga loyiq deb topdi.
Ha, jamiyatimizda hech qanday jinoiy qilmish jazosiz qolmaydi. Shuning uchun bebaho umrni ezgu ishlarga bag‘ishlab, hayotda o‘zidan yaxshi nom qoldirishga ne yetsin?!
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining raisi
S.Bo‘tayev
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2024
55 izoh