Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Jinoyatga jazo muqarrar


Ma’naviyati nuqsonli bo‘lgan kishi borki, xatti-harakati oqibatini o‘ylamay  ish qilib, jinoyatchi, degan tamg‘ani orttirib oladi. Bugun e’tiboringizga havola etilayotgan jinoyat tafsiloti ishtirokchi ham bir oilaga bosh, kimningdir otasi, yana bir umidvor mushtipar onaning dilbandi, farzandlarining otasi, qariganimda suyanch bo‘ladi degan umidda ulg‘aytirgan ota.  
Afsuski, jinoyat yo‘lini tanlagan inson jismonan sog‘lom, tog‘ni ursa talqon qiladigan navqiron yoshda. Biroq, u og‘irning ustidan, yengilning ostidan o‘tishni afzal ko‘rgan odam. 
Achinarli holat shuki, ish bo‘yicha jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan shaxs D.O sudlangan U.Oning kelini o‘rtog‘i hisoblanadi.
Ish holatigga ko‘ra, U.O 2023 yil 21 avgust kuni ertalab saxar vaqti taxminan soat 04:00lar atrofida turmush o‘rtog‘i X.M bilan o‘zaro tortishib qolganidan so‘ng uni hovlida ko‘rinmasdan yo‘qolib qolganligi sababli uni qidirib, alohida xo‘jalik sifatida yashovchi kelini D.Oni xonadoniga borib, uni topa olmasdan yashash xonadoniga qaytib kelgan vaqtida turmush o‘rtog‘i X.Mni uyda ekanligini ko‘rib, onasidan xavotirlanib telefon qilgan o‘g‘li X.O bilan o‘zaro tortishib qolgan.
Ayni vaqtda, turmush o‘rtog‘i X.O bilan gaplashgan D.O qaynonasi X.Mni olib ketish maqsadida qaynotasi U.Oning yashash xonadoniga soat 07:00lar atrofida “Oqtumshuq” mahallasi fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish yig‘ini raisi K.B, faol B.B va qaynopasi G.O bilan kelgan vaqtida U.O u bilan o‘zaro og‘zaki tortishib qolib, o‘tirgan krovatida bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib, qo‘lida voyaga yetmagan D.U bilan qochayotgan D.Oni o‘ldirish maqsadida quvib borib, ikkinchi voyaga yetmagan farzandi D.Uni ko‘z o‘ngida o‘ta shafqatsizlik bilan orqa tomonidan badanining turli joylariga 6 marotaba pichoq urib yiqitgan holda hodisa joyini tark etgan.
Jabrlanuvchi D.Oga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Sudda sudlangan U.O aybiga to‘liq iqror va pushaymonlik bildirib suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ish hujjatlari atroflicha o‘rganilib, sudning 2023 yil 14 dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra, U.Oga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida sudlanuvchi U.Oning himoyachisi advokat F.Mirzayev bilan birgalikdagi va jabrlanuvchi D.O tomonidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyatlariga asosan 2024 yil yanvar oyining 16 kuni ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining 2023 yil 14 dekabr kunidagi hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Mana ko‘za kunda emas, kunida sinadigan kun keldi. Qonunning qo‘li uzun, nigohlari o‘tkir. Uning nazaridan, qat’iy talabidan, qolaversa, jazodan qochib qutilib bo‘lmaydi.
 
J.Xudoyberdiyev Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs