Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Izoh

Rasmiy statistika to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 7 mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda ma’qullangan qonun 7 bob 44 moddadan iborat bo`lib, qonunning 5-bobi Statistika ma’lumotlari, ulardan foydalanish tartibi va maxfiylikni ta’minlash to`g`risida shu jumladan
26-modda. Ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish
Ma’muriy ma’lumotlar rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan faqat statistika maqsadlarida foydalaniladi.
Ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar va boshqa yuridik shaxslar o‘z tasarrufidagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etish chog‘ida maxfiylik to‘g‘risidagi qoidalarni vaj qilib ko‘rsatishi mumkin emas, bundan qonunda ma’lumotlarni taqdim etish va ulardan statistika maqsadlarida foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri istisno etilgan hollar mustasno.
27-modda. Individual ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tasarrufidagi mavjud individual ma’lumotlardan faqat statistika maqsadlarida, jamlanma statistika ma’lumotlarini shakllantirish uchun foydalaniladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar tomonidan individual ma’lumotlardan tergov, nazorat qilish, sud muhokamasi, ma’muriy qarorlar qabul qilish maqsadida yoki jismoniy va yuridik shaxslarga yoki uy xo‘jaliklariga taalluqli boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Yuqorida keltirib o`tilgan moddalardan ko`rish mumkinki Statistika ma’lumotlari, ulardan foydalanish tartibi va maxfiylikni ta’minlash to`g`risida kengroq yoritib o`tiganligini ko`rish mumkin.
Angor tumani statistika
bo‘limi boshlig‘i A.Xudoyоrov

4 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs