Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Firibgarning hiylasi uzoqqa cho‘zilmadi

Hayotda har bir narsaning tartib-qoidasi bor. Hamma birdek amal qilishi kerak bo‘lgan qonunlarni buzish, noqonuniy daromad topishga urinish jinoyat hisoblanadi.
Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi degan xalqimizda bir naql bor, hozirgi qahramonimiz Dilshod Boltayev (ism familyalar o‘zgartirilgan) shundaylardandir. U muqaddam turli xil jinoyatlarni sodir qilib sakkiz marotaba sudlangan bo‘lsa-da o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan navbatdagi jinoyatni firibgarlik yo‘lidan foydalanib sodir qilgan.
Angor tumanida yashovchi D.Boltayev tuzalish yo‘liga o‘tmasdan, Termiz shahrida joylashgan MCHJlarning biriga ishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lmasada, Angor tumanida yashovchi Sh.Botirovni aldab, go‘yoki qisqa fursatlarda Termiz shahridagi MCHJlarning biriga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini va’da qilib, xizmati evaziga undan 1.000.000 so‘m miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilgan.
Olib borilgan tezkor-tadbirlar natijasida D.Boltayev 1.000.000 so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalililar bilan ushlanadi.
D.Boltayev bu harakatini hech kim bilmaydi deb o‘ylasa-da, bu jinoyati uzoqqa cho‘zilmadi, unga nisbatan to‘qqizinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Sud zalida undan firibgarlik jinoyatini takroran sodir etish sabablari so‘ralganida yer chizishdan nariga o‘tolmadi. Faqatgina qilmishidan pushaymon ekanini qayta-qayta takrorlashdan o‘zga chorasi qolmadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tumani sudi D.Boltayevga nisbatan tegishli jazo chorasi tayinladi. Biroq, ellik yoshdan oshgan D.Boltayev bu jazodan to‘g‘ri xulosa chiqaradimi? Belgilangan jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, u yana eski qiliqlarini boshlab yubormaydimi? Buni oliy hakam vaqt ko‘rsatadi.
Ha, jamiyatimizda hech qanday jinoiy qilmish jazosiz qolmaydi. Shuning uchun bebaho umrni ezgu ishlarga bag‘ishlab, hayotda o‘zidan yaxshi nom qoldirishga ne yetsin?!

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining raisi
S.Bo‘tayev

Izoh qoldirish

Xizmatlar

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs