Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
EHTIYOTSIZLIK FOJEAGA SABAB BO‘LDI

Transport vositalari orqali odam o‘limiga sababchi bo‘lish holatlari oxirgi paytlarda qulog‘imizga tez-tez chalinmoqda.
Tahlilchilarning bildirishiga binoan har yili transport vositalari orqali odam o‘limi insoniyatning boshqa turdagi ofatlarga nisbatan uch barobar ortiqligi aniqlangan.
Jahon statistik ma’lumotlariga binoan har yili avtotransport vositalarini boshqarish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida millionlab kishi bevaqt vafot etgan.
Ushbu maqola orqali Termiz tumanida ro‘y bergan va jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudida ko‘rilgan ishni sizlarga ma’lum qilamiz.
2022 yil 14 noyabr kuni kunduzgi soat 18:00 larda A.Mengliyev (ism sharifi o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini Termiz tuman, “Namuna-Uchqizil” yo‘nalishida boshqarib borayotib, o‘z yo‘nalishida oldinda harakatlanib ketayotgan noma’lum transport vositasini quvib o‘tish uchun qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib, amaldagi yo‘l harakati qoidasining tegishli talablarini buzib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketishish oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Natijada “Kobalt” rusumli avtomashinani oldingi yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi S.Jo‘rayev (ism sharifi o‘zgartirilgan) “OGʻIR” tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Sud tomonidan sudlanuvchi A.Jumayevga besh yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish va ikki yil muddatga qo‘shimcha jazo sifatida muayyan huquqdan, ya’ni barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Biroq bevaqt hayotdan ko‘z yumgan yo‘lovchiga qayta hayotni hech kim taqdim etolmaydi. Vafot etganning yaqin qarindoshlari hayotidagi bir umrlik kemtik va bo‘shliqlarni ham to‘ldirishning hech bir imkoni yo‘q.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Angor tuman sudining devonxona mudiri B.Charshanbiyev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs