Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
JAZOGA TORTILDI

Tashqi muhitdan yugurik suv misoli oqib kiradigan ming bir illatlar turi borki, ularning loaqal bittasi ham inson ruhiyatida qolib ketsa, uning hayot tarzi davomida u chuqur ildiz otib o‘rnashib olib, jinoyat sodir etish ko‘chasiga kirishga yo‘llaydi.

Yoshi oltmishga yaqinlashib, oq-qorani to‘la ajrata oladigan bir davrda spirtli ichimlik iste’mol qilishdan o‘zini tiya olmagan Muxtor Jo‘raboyev (ism-familiyalari o‘zgartirgan) 2018 yilda ham jinoyat sodir etib, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan bo‘lsa-da, o‘z qilmishlarining nojo‘ya qadamligidan tegishli xulosa chiqarmadi.

M.Jo‘raboyev Vandob mahallasi hududida joylashgan sement korxonasi qurilish ishlarida faoliyat yuritayotgan hamkasblari Panji Karimov, Akbar Poyonov, Nurali Ortiqovlar bilan qurilish ob’ekti yaqinida joylashgan do‘konda spirtli ichimlik iste’mol qilishadi.

Spirtli ichimlikning nojo‘ya ta’siridan o‘zlarini sher bilgan ulfatlar korxona yotoqxonasidagi ishchi-xizmatchilarning tinchligini buzishga urinishadi.

Yotoqxona hovlisida tanigan-tanimagan odamlar bilan janjal chiqarish payida bo‘lishadi. Hovlidagi baqir-chaqirlarni tarqatib, yuborish paytida bezorilarga tanbeh berib, murosaga kirishgan Solijon Vohidovning harakatlari zoe ketdi.

M.Jo‘raboyev jabrlanuvchi S.Vohidovni musht bilan urib kaltaklash bilan hovuridan tusha ko‘rmaydi. Jabrlanuvchini pichoq bilan qorniga bir necha bor sanchib olish bilan, uni bu yorug‘ olamdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘ladi.

Sud Muxtor Jo‘raboyevning sodir etgan qilmishlari oqibatida – uni to‘qqiz yil olti oy muddatga o‘z umrini panjara ortida o‘tashga loyiq deb topdi.

 S.Suvonqulov

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi

5 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs