Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Ochiq budjet portalida ovoz berish jarayonlari yakunlanib, eng ko‘p ovoz olgan takliflar e’lon qilindi.

  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudjet.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 70 ta takliflardan eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta loyihalar bo‘yicha takliflar g‘olib deb topildi.

Ovoz berish jarayonida “Ochiq budjet” axborot portalida uchinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, tuman bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan quyidagi takliflar;

  1. Angor tuman “Zartepa” mahallasi ichki yo‘llarini asfalt qilish tashabbusi uchun 600 000 000 (olti yuz million) so‘m;
  2. Angor tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabini joriy ta’mirlash, qurish ishlarini olib borish tashabbusi uchun 270 000 000 (Ikki yuz yetmish million) so‘m;
  3. Angor tuman markazida axborot texnologiyalari markazini tashkil qilish tashabbusi uchun 50 000 000 (ellik million) so‘m;
  4. Angor tumanidagi “Navro‘z” mahallasi, “Mustaqillik” ko‘chasi ya’ni soliq idorasi yonidagi ko‘chani asfalt qilish tashabbusi uchun 200 000 000 (Ikki yuz million) so‘m;
  5. Angor tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarni joriy ta’mirlash tashabbusi uchun 250 000 000 (Ikki yuz ellik million) so‘m.
  6. Angor tumanidagi Pedogogika kolleji binosini joriy ta’mirlash tashabbusi uchun 200 000 000 (Ikki yuz million) so‘m,

G‘olib deb topilgan 6 ta taklif uchun tuman hokimligi huzurida tashkil qilingan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd 223 mln so‘m hamda tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan  73 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

3 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs