Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Bolajonlarga sovg‘alar topshirildi

  Angor tumanidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq“ tadbiri bilan boshlandi.

Angor tumani hokimi o‘rinbosari Farid Umarov tumandagi 3-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Mazkur umumta’lim maktabida 1 ming 210 nafar o‘quvchiga 96 nafar malakali pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Tuman hokimi maktab faoliyati bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbatda bo‘lib, ularga chuqur bilim egallashlarida muvaffaqiyat tiladi. Birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. 

 

Angor tumanida 44 ta umumta’lim maktabi bo‘lib, ziyo maskanlarida 23 ming 739 nafar o‘quvchiga 2 ming 47 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda.

2021 yilgi Investitsiya dasturi doirasida tumanda 2 ta maktab rekonstruksiya qilindi. “Obod mahalla” dasturlari asosida 2 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

4 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs