Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angor tumani mahalliy budjetining 2021 yil ikkinchi chorak davomidagi ijrosi to‘g‘risida MA’LUMOT

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Angor tumanining 2021 yildagi mahalliy budjeti Xalq deputatlari tuman Kengashining 2020 yil 28 dekabrdagi “Angor tumanining 2021 yilgi budjet parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.Unga ko‘ra tuman mahalliy budjetining 2021 yil yillik rejalashtirilgan xarajatlari 89.987, qolgan 44.890,4 mln so‘m transfert tariqasida qoplanishi rejalashtirilgan.

2021 yil uchun mahalliy budjetning jami xarajatlari
89987  mln so‘m
miqdorida prognoz qilinmoqda.

Ta’kidlash joizki, mahalliy budjet xarajatlarining
81,4 foizini
yoki 73232,8 mln so‘mni ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar tashkil etadi.

Tuman budjeti xarajatlarini sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, ijtimoiy soha xarajatlari 57915,4 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

  1. 2021 yilda maktabgacha ta’lim sohasi xarajatlariga
    3744,6 mln.so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 118.1 foizga ko‘proq mablag‘ ko‘zda tutilmoqda. Ularga oziq-ovqat xarajatlari uchun 2256,9 mln so‘m yoki 2020 yilga nisbatan 143,8 foizga ko‘proq mablag‘ ajratiladi.
  2. a) Xalq ta’limi sohasi xarajatlariga 6329,4 mln. so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 120,5 foizga ko‘p mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
  3. 2021 yil mahalliy budjet parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 42570,9 mln so‘m mablag‘ yoki 2020 yilga nisbatan 109 foizga ko‘p miqdorda mablag‘lar ko‘zda tutilmoqda. Ularga dori-darmon va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga ajratiladigan mablag‘larni oshirish siyosati davom ettiriladi. Shu bilan dori-darmon va bog‘lov vositalari uchun xarajatlar 1920,2 mln. so‘mni yoki 2020 yilga nisbatan 105,3 foizga oshadi.

III. 2021 yilgi tuman budjeti loyihasida madaniyat sohasi xarajatlari 730,5 mln so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 111,3 foizga, sport sohasini saqlash va tadbirlar xarajatlari uchun 1032,1 mln so‘m yoki 2020 yilga nisbatan 130,3 foizga ko‘p mablag‘ ajratiladi.

  1. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari xarajatlari
    18468,7 mln so‘mni tashkil etib, bu 2020 yilga solishtirganda
    204,8 foizga ko‘p.
  2. 2021 yilda iqtisodiyot xarajatlariga tuman budjetidan 6215 mln so‘m ajratildi.

2021 yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlash uchun 988,4 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.

  1. Davlat hokimiyati organlarini saqlash xarajatlariga
    2021 yilda 4867 mln so‘m ko‘zda tutilgan.

 

Ushbu tasdiqlangan budjetning 2021 yil 1-chorak ijrosi qo‘yidagicha.

 

Mahalliy budjetning 1-chorak daromadlari bo‘yicha:

 

2021 yil 1-chorak daromadlar tasdiqlangan rejasi 6.952,7 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda budjetga undirilgan mablag‘ 9.188,7 mln so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan 2.236 mln so‘mga ko‘p undirilgan yoki belgilangan rejaga nisbatan 132 foizga bajarilgan.

                   Tuman maxalliy budjetining 1-chorak xarajatlari bo‘yicha:

2021 yil davomida tuman mahalliy budjetining xarajatlari rejasi
26243,6 mln so‘m o‘rniga 26138,6 mln so‘mga 387 mln so‘mga kam yoki                   99,6 foizga bajarildi. Jumladan, xarajat turlari bo‘yicha:

 

Amalga oshirilgan jami xarajatlar tarmoqlar kesimida quyidagicha:

                                  

Iqtisodiyot xarajat uchun 2207,9 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda  1451,1 so‘m yani 756,8 mln so‘mga kam xarajat qilingan.

Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha 2474,4 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2181,4  mln so‘m ya’ni 292,9 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha 1050 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 1029,7 mln so‘m xarajat qilingan.

Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 11874,3 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 11564,8 mln so‘m ya’ni 309,5 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Madaniyat sohasi uchun 585,3 mln so‘m so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 560,2 mln so‘m  ya’ni 25,1 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Tuman xokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari uchun 891 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil 1-chorak davomida 832,5 mln so‘m xarajat qilingan.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchun                        2712,7 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil 1-chorak davomida               2606,9 mln so‘m ya’ni 105,4 mln.so‘m kam xarajat qilingan.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari uchun
831,9 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 815,7 mln so‘m ya’ni 15,2 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Tuman mahalliy budjetining boshqa xarajatlari ya’ni (nafaqalar, advokatlik xizmati, Fuqarolar moddiy zarar, “Yoshlar daftari”,  “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va boshqalar) uchun 7440,2 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 7433,2 mln so‘m xarajat qilingan.

 

Ushbu tasdiqlangan budjetning 2021 yil 2-chorak ijrosi qo‘yidagicha.

 

Mahalliy budjetning ikkinchi chorak daromadlari bo‘yicha:

 

2021 yil ikkinchi chorak daromadlar tasdiqlangan rejasi 7.803,8 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda budjetga undirilgan mablag‘
10.758,8 mln so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan
2.955,0 mln so‘mga ko‘p undirilgan yoki belgilangan rejaga nisbatan
138,0 foizga bajarilgan.

 

Tuman maxalliy budjetining ikkinchi chorak xarajatlari bo‘yicha:

2021 yil ikkinchi chorak davomida tuman mahalliy budjetining xarajatlari rejasi 37005,5 mln so‘m o‘rniga 33805,1 mln so‘mga 3200,4 mln so‘mga kam yoki 91,2 foizga bajarildi. Jumladan, xarajat turlari bo‘yicha:

 

Amalga oshirilgan jami xarajatlar tarmoqlar kesimida quyidagicha:

                                   Iqtisodiyot xarajat uchun 1452 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 1736,4 so‘m yani 284,4 mln so‘mga kam xarajat qilingan.

Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha 4186,2 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2526,5  mln so‘m ya’ni 1659,7 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha 2166,4 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 1969,6 mln so‘m xarajat qilingan.

Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 12814,8 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 12777,1 mln so‘m ya’ni 37,7 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Madaniyat sohasi uchun 696,9 mln so‘m so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 739,9 mln so‘m  xarajat qilingan.

Tuman hokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari uchun 891 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil ikkinchi chorak davomida 33,2 mln so‘m xarajat qilingan.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchun
1704,4 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil ikkinchi chorak davomida
1706, mln so‘m xarajat qilingan.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari uchun
878,7 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 993,5 mln so‘m xarajat qilingan.  

Tuman mahalliy budjetining boshqa xarajatlari ya’ni (nafaqalar, advokatlik xizmati, Fuarolar moddiy zarar, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va boshqalar) uchun 10160,1 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 9972,6 mln so‘m ya’ni 187,5 mln so‘m kam xarajat qilingan.         

Ushbu tasdiqlangan budjetning 2021 yil birinchi yarim yillik ijrosi qo‘yidagicha.

Mahalliy budjetning birinchi yarim yillik daromadlari bo‘yicha:

 

2021 yil birinchi yarim yillik daromadlar tasdiqlangan rejasi 14.756,5 mln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda budjetga undirilgan mablag‘ 19.947,9 mln so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan
5.190 mln so‘mga ko‘p undirilgan yoki belgilangan rejaga nisbatan
135,0 foizga bajarilgan.

 

                   Tuman mahalliy budjetining birinchi yarim yillik xarajatlari bo‘yicha:

2021 yil birinchi yarim yillik davomida tuman maxalliy budjetining xarajatlari rejasi 63249,1 mln so‘m o‘rniga 59943,7 mln so‘mga 3305,3 mln so‘mga kam yoki 94,7 foizga bajarildi. Jumladan, xarajat turlari bo‘yicha:

 

Amalga oshirilgan jami xarajatlar tarmoqlar kesimida quyidagicha:

                                  

Iqtisodiyot xarajat uchun 3659,9 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, haqiqatda 3187,5 so‘m yani 472,5 mln so‘mga kam xarajat qilingan.

Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha 6660,6 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 4707,9  mln so‘m ya’ni 1952,7 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha 3216,4 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2999,3 mln so‘m xarajat qilingan.

Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 24689,1 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 24341,9 mln so‘m ya’ni 347,1 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Madaniyat sohasi uchun 1282,2 mln so‘m so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 1300,1 mln so‘m xarajat qilingan.

Tuman hokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari uchun 891 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil birinchi yarim yillik davomida 865,7 mln so‘m xarajat qilingan.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari uchun
4417,1 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil birinchi yarim yillik davomida 4313,0 mln so‘m ya’ni 104,1 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari uchun
1810,6 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 1809,2 mln so‘m ya’ni 1,3 mln so‘m kam xarajat qilingan.

Tuman mahalliy budjetining boshqa xarajatlari ya’ni (nafaqalar, advokatlik xizmati, Fuqarolar moddiy zarar, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va boshqalar) uchun 17600,3 mln so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 17405,8 mln so‘m xarajat qilingan.

 

Mahalliy budjetning uchinchi chorak daromadlari bo‘yicha:

 

2021 yil uchinchi chorak daromadlar tasdiqlangan rejasi 11.907,8 mln so‘m belgilangan bo‘lib, belgilangan rejaga nisbatan 120,0 foizga bajarilishi kutilmoqda.

                   Tuman mahalliy budjetining uchinchi chorak xarajatlari bo‘yicha:

2021 yil uchinchi chorak davomida tuman mahalliy budjetining xarajatlari rejasi  88125,7 mln so‘m etib tasdiqlangan bo‘lib, 100 foizga bajarilishi ta’minlanadi.

 

7 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs