Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Ro‘zg‘orimiz obod bo‘ldi

   Angor tumanining birinchi sektoriga qarashli “Qorasuv” mahallasida yashovchi Shavkat Muqimov turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda  3 nafar farzandni voyaga yetkazib kelmoqda. Ularning oilaviy sharoiti mahalla tomonidan o‘rganilib, “Temir daftar”ga kiritilgan edi. Shu sababli ularga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxona qurib berilgandi. Hozirgi kunda ular issiqxonada bodring, pomidor va bulg‘or qalampiri yetishtirib hosil olishmoqda.

-Issiqxona qurilganidan buyon ikkinchi hosilni yig‘ib olyapmiz. Mahallamizdagi do‘konlarga va bozorga mahsulotlarimizni topshiramiz. Endilikda doimiy ish bilan bandmiz. Oilamiz daromadini yaxshilab olganimizdan keyin “Temir daftar”dan chiqarildik. Bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun sektor rahbarimizga katta rahmat,-deydi xonadon bekasi  Maqsuda Sheralieva.

3 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs