Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi.

Ayni daqiqalarda Angor tumanidagi markaziy o‘yingohda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalar boshlandi. “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Bayram dasturi doirasida milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, milliy taomlar va kiyimlar ko‘rgazmalari tashkil etilgan.

Tadbir avvalida tuman hokimi Qosim Mardonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi tub islohotlar tumanda ham o‘zining yorqin samaralarini berayotganini, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarida ham yaqqol ko‘rinib turganini ta’kidlab, butun tuman ahlini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Navro‘z asrlar davomida xalqimiz tomonidan katta shodiyonalar bilan nishonlab kelinayotgan qadimiy bayram bo‘lib, u mehr-oqibat, adolat va insoniylik fazilatlarini o‘zida mujassam etadi.

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs