Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angor tumani hokimi Qosim Mardonovning Navro‘z bayrami tabrigi

Assalomu alaykum!
Hurmatli tumandoshlar!

     Ko‘klam nafasi ko‘ngillarimizda beg‘ubor his-tuyg‘ular uyg‘otayotgan ushbu qutlug‘ kunlarda, barchamiz tinch va osoyishta, yurtimizning yana bir qadimiy shodiyonasi – Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki kayfiyat, shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz. Avvalombor barchangizni ana shu ulug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etaman.

     Navro‘z – azaliy milliy qadriyatlar timsoli, mehr-oqibat, sahovat va ezgulik ramzi hisoblanadi. Ushbu bayram xalqimizning bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida namoyon etadi.

  Aziz tumandoshlar!

     Navro‘zda tun bilan kun tenglashib, dehqonchilik, ziroatchilik, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga kirishiladi. Mahalla-kuy, qo‘ni-qo‘shni birlashib, ko‘chalar, xiyobonlar tartibga keltiriladi, bemorlar, ko‘makka muhtoj insonlar xolidan xabar olinadi.

      Navro‘zi ayyom barchangizga qutlug‘ bo‘lsin, aziz tumandoshlar!

Izoh qoldirish

Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs