Aloqabank “yoshlar banki”
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-sonli (https://lex.uz/docs/-7387025) qarori tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Angor tumanida ham qaror ijrosi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yoshlar bilan uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari, seminarlar tashkil etilmoqda. Ularning takliflari, loyihalari o‘rganilmoqda.
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminarda ham yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, seminarda yoshlarning qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2025