Angor tumani hokimligi binosida “Aholini kambag‘allikdan chiqarish – dolzarb vazifa” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda tuman hokimi Qosim Mardonov, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kamchiliklar xususida axborot berib o‘tdi.
Qosim Mardonov tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar ogohlantirildi.
Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2025