Bugun Angor tumanining uchinchi sektor shtabi binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Qosim Mardonov, tuman IIB boshlig'i, uchinchi sektor rahbari Sodiq Choriyev, fuqarolar hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda uchinchi sektor hududiga qarashli 11 ta mahallada yashovchi fuqarolarning muammolari, takliflari qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati qabul davomida ijobiy hal etildi. Vaqt talab etilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga o‘rganib chiqish va ijrosini ta’minlash borasida topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
© Angor tumani hokimligi veb-saytlari 2025