Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angor tumanida tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

2006-yil 12-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan Angor tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shifokorlik sharafli kasb ekanligi, hozirda Respublikamiz miqyosida shifokorlarga berilayotgan e’tibor, ularning mavqeini yanada oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida iliq so‘zlar aytildi.

Bir guruh shifokorlar sadoqatli, mashaqqatli kamtarona mehnatlari uchun tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs