Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Orif Muratovning avgust oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi! Bugun davlat soliq organlari xodimlari o‘z faoliyatini mazkur tamoyil asosida yo‘lga qo‘yib, soliq to‘lovchilarning eng yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkoriga aylanmoqda. 

         Tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 1389 ta yuridik shaxslar hamda
1305 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar mavjud bo‘lib, shundan 37 ta byudjet korxonalari, 51 ta notijorat, 1301 ta tijorat va 48 ta yakka tartibdagi hunarmandlar faoliyat yuritmoqda.

   Xususan joriy yilning avgust oyida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 254 ta tadbirkorlik subyektining 254 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 31 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

      O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 22 iyun kunidagi O‘RQ 785-sonli “Soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish” to‘g‘risidagi qonuniga asosan Soliq kodeksining 412-modda birinchi qismining
1-bandi: sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Agar ob’ektning
1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi»; Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks
411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan ob’ektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas: Toshkent shahrida — ikki million besh yuz ming so‘m; Nukus shahrida va viloyat markazlarida — bir million besh yuz ming so‘m; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million so‘m etib belgilangan.

        Shunga asosan tumanda 190 ta korxonadan 1374.0 mln so‘m mol mulk solig‘i hisoblandi.      

        Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 42 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

         Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidagn nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 24 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu fuqarolarning
22 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida avgust oyida 54 ta korxonadagi 86 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati legallashtirildi.

      Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 61 nafar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida
21 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 4 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 10 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

        Jumladan, tumanda 620 ta subyektning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘payib, jami tovar aylanmasi o‘sishi 112,3 foizni tashkil etmoqda.

       Ahamiyatlisi, 2022-yilning avgust oyi davomida tumanimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 4,6 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi
395 mln so‘m ortig‘i bilan bajarildi. (Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138,8 foizga ko‘pdir.) Budjetga yo‘naltirilgan soliqlarning asosiy qismi 2.1 mlrd so‘mi, ya’ni 45,5 foizi yuridik shaxslar, 1,2 milliard so‘mi yoki 27,4 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 1,6  mlrd so‘m yoki 34,5 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 886,0 mln so‘m yoki
19,4 foizini jismoniy shaxslarning yer solig‘i, 429,3 mln so‘m yoki 9,4 foizini aylanmadan soliq, 221,4 mln so‘m yoki 4,9 foizini jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda qolgan 1,4 mlrd so‘m yoki 31,8 foizini esa boshqa soliqlar va  yig‘imlar tashkil etdi.

Soliq qarzdorligini qisqartirish borasida olib borilgan izchil ishlar natijasida 58 ta korxona tomonidan umumiy miqdorda 86,1 mln so‘mlik soliq qarzdorligi to‘lab berildi.

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 10 taga oshirilishi norasmiy bandlikni kamaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda tumanimizda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2440 nafarni tashkil etadi.

Soliq tizimini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari soliq munosabatlarini yengillashtirish, xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash imkonini bermoqda. Birgina misol joriy yilning iyun-avgust oylari davomida “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali tuman miqyosidagi 112 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruvdan oldingi tahlil asosida xabarnomalar yuborildi.

Shundan 91 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan
199.9 mln so‘m miqdordagi soliq hisobotlaridagi kamchiliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etildi.

Misol uchun Angor tuman Davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatga olingan "Bexruzbek Nur" MChJ tomonidan “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali yuborilgan xabarnomaga asosan 9.9 mln so‘m aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan muddatda qayta hisobot taqdim etildi. Natijada soliq kodeksiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 3,9 mln so‘m miqdoridagi moliyaviy jarimaning oldi olindi.

Shuningdek, DSIga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan
20 ta murojaat batafsil o‘rganilib, ularning 15 tasi ijobiy hal etildi. 5 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlarimiz yanada izchillik kasb etadi. Zero, biz soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori va eng yaqin ko‘makchisimiz!

 

 Orif Muratov,

Angor tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

2 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs