Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv

Bugun Angor tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Shohjahon Abdullayev hamda bitiruvchi yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va undan foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlarning takliflari va murojaatlari hokim tomonidan qabul qilindi.
2021-2022-oʻquv yili yakunida tumandagi 45 ta umumtaʼlim maktabida tahsil olgan 1441 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi.

Uchrashuv davomida umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomlab, yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga 30 ta oltin, 3 ta kumush medal topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, 4 nafar bitiruvchi angorlik yoshlar respublika fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etganligi uchun universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs