Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Maktablar jamoasi munosib taqdirlandi

Bugun, 22-iyun kuni Angor tumani hokimligida tuman hokimi Shohjahon Abdullayev ishtirokida yigʻilish tashkil etildi.

Yigʻilishda xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida 2021-2022-oʻquv yili mobaynida olib borilgan ishlari yuzasidan tanqidiy-tahliliy oʻrganish natijalari muhokama qilindi.

Jumladan, umumtaʼlim maktablari tomonidan oʻquv tarbiya jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, oʻquvchilarning darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanishi, axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishi hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatlari boʻyicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

Tadbir yakunida, oʻquv yili davomida baholash mezonlari asosida yuqori koʻrsatkichga erishgan maktablar jamoasi munosib taqdirlandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs