Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Sayyor qabul

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Shu maʻnoda bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Angor tumaning eng olis chekka hududi Yuqori Tallimaron mahallasida viloyat adliya va bandlik boshqarmasi boshliqlari, tuman hokimi, tuman adliya boʻlimi, notariuslar va sektor rahbarlari hamda boshqa tegishli tashkilot va idoralar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 100 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ularning murojaatlari tinglanib, ijobiy yechimga qaratildi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy sohaga oid murojaatlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

1 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs