Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Angor tumanida yoz mavsumida bolajonlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida joriy yilning 2-iyun kunidan boshlab maktablar qoshida oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ayni kunlarda tumandagi 6 ta kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalarida 750 nafar o‘quvchi dam olmoqda.

Jumladan, 14-sonli umumta’lim maktabida ham oromgoh tashkil etilgan va bolajonlar uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

– Oromgohimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyalarini singdirishga harakat qilganmiz, – deydi maktab direktori Zafar Jumayev. – O‘quvchilar yozgi ta’tilda asosan dam olishi zarur. Shuning uchun oromgoh dasturida sport, mehnat va musiqa to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor berilgan

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs