Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Angor tumanida 3-bosqich “Ayollar daftari” roʻyxatiga 6 ta toifa buyicha 2338 nafar xotin-qizlar roʻyxatga olingan. Shundan 157 nafari tadbikorlik qilish istagida boʻlgan xotin-qizlarni tashkil etadi.
Bugun “Ishga marhamat” monomarkazida kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan xotin-qizlar uchun tuman AT Xalq banki boshqaruvchisi oʻrinbosari R.Qobulova, Oila va xotin-qizlar boʻlimi mutaxassisi F.Tursunovalar ishtirokida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda “Tadbirkorlik nima?”, “Biznes reja qanday ishlab chiqiladi?”, “Tadbirkorlik uchun ilk qadam?” mavzularida suhbatlar oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu borasida kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

 

5 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 16 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs