Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
G‘alla-2022

Angor tuman don mahsulotlarini qabul qilish shoxobchasida “G‘alla-2022” oʻrim-yigʻimi mavsumiga tayyorgarlik jarayoniga bagʻishlangan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Unda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Usmon Turopov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Abduvohid Ismoilov, tuman hokimi Shohjahon Abdullayev, sektor rahbarlari hamda sohaga tegishli tashkilot rahbarlari, agro klasterlar, fermer xoʻjaliklari shuningdek, otryad rahbarlari va a’zolari ishtirok etishdi.
Joriy yil gʻalla hosili uchun tumandagi 26 ta fermer xoʻjaligi va “Zamin Angor klaster” MCHJlar tomonidan 5650 gektar maydonga gʻalla ekilib parvarish qilindi. G‘alla oʻrim yigʻim mavsumini tez va qisqa vaqtlarda oʻtkazish boʻyicha 10 ta otryad shakllantirilgan.
Seminarda bajarilishi lozim masalalar belgilab olinib, tadbir yakunida kombayn operatorlari va yordamchilariga 1 qopdan un, 1 qopdan kartoshka, 1 qopdan piyoz, 5 litrdan yogʻ, 10 kgdan guruch hamda 2 mln soʻmdan naqd pul mablagʻlari toʻlab berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs