Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Angor tumani hokimligi
Angor tuman hokimligi tomonidan yangi ish o‘rnnlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2024 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
Hisobotlar / 2024-06-13

Tumanda ishsiz aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. Tumandagi 143,1 ming nafar aholining 74,4 ming nafari iqtisodiy faol axoli bo‘lib, bugungi kunda 54.9 ming nafari (91,6 foiz) ish bilan band.
Yil boshida ishsizlar 6,5 ming nafarni, ishsizlik darajasi esa 7.2 foizni tashkil etgan.
Tumanda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish joylarini yaratish rejasiga asosan 2024 yilda yanvar mart oylarida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib tumanda jami 726 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shundan rejada 269 nafarni tashkil qiladi.
Shundan doimiy ish o‘rinlariga 1326 ta, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlariga 167 ta, korxonalarda norasmiy ishlayotgan xodimlarni legallashtirish hisobiga 1530 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
2024 yil yanvar-mart oylarida doimiy ish joylarini yaratish bo‘yicha reja 652 tani (yanvar-mart oylarida reja 1204 tani) tashkil qilgan bo‘lsa, soliq xisoboti bilan solishtirilganda 1204 ta (yanvar-mat oylarida amalda 1204 ta) rejaga nisbatan 115,4 % ga bajarilgan.
Sohalar kesimida doimiy ish o‘rinlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak:
Investitsiyalar maxalliy sanoatni rivojlantirish xisobiga yanvar-mart oylarida reja 419 tani (yanvar-mart oylarida reja 419 tani) tashkil qilgan bo‘lsa, soliq xisoboti bilan solishtirilganda 728 ta (yanvar-mart oylarida amalda 728 ta) rejaga nisbatan 173.7 % ga bajarilgan.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi xisobiga yanvar-mart oylarida reja 857 tani (yanvar-mart oylarida reja 857 tani) tashkil qilgan bo‘lsa, soliq xisoboti bilan solishtirilganda 490 ta rejaga nisbatan 57.2 % bajarilgan.
Qurilish komunal soxasi xisobiga yanvar-mart oylarida reja 50 tani (yanvar-mart oylarida reja 50 tani) tashkil qilgan bo‘lsa, soliq xisoboti bilan solishtirilganda 86 rejaga nisbatan 172 % ga bajarilgan.
2024 yilga rejalashtirilgan 5803 ta yangi ish o‘rnini yil yakuniga qadar 10568 taga yetkazib rejaga nisbatan 108,8 foizga bajarishni rejalashtirganmiz.
Bundan tashqari qo‘shimcha 2024 yil yakuniga qadar tumandagi korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga 150 nafar ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirib bandligi ta’minlashni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
Bugungi kunda oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qoniniy manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalalarida davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xozirgi kunga qadar kasb-xunarga 204 nafar tumandagi ishsiz xotin-qizlarni o‘qishga jalb qilganmiz. Ushbu 204 nafar xotin qizlardan xozirda 121 nafari o‘qishni tamomlagan. O‘qishni tamomlagan xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.
2024 yil tumanda jami 1280 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-xunarga o‘qitish rejalashtirilgan. Shundan yanvar-mart oylari davomida 575 nafar ishsiz fuqarolar o‘qitilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 333 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitishga yuborilgan.
Angor tumanida 2023 yil Oliy ta’lim muassasalarini 308 nafar bitiruvchi o‘qishni tamomlagan bo‘lib, shundan 178 nafari doimiy ishga, 87 nafari mutaxassisligi bo‘yicha ish izlovchi sifatida turganligi, 17 nafari ta’limning keyingi bosqichida davom ettirmoqda, 9 nafari norasmiy bandligi, 14 nafari boshqa tumanga turmushga chiqib ketgan, 3 nafari chet davlatiga ishlash uchun ketgan.
2024 yil 3 oyi davomida jamoat ishi jamg‘armasidan 158 nafar ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb qilingan bo‘lib ularga 154122.7 so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘.Yo‘ldoshev
Angor tumani hokimi o‘rinbosari

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs